OTB O‘zbekistonga 150 million dollar miqdorida yangi kredit ajratadi

Mablag'lar mamlakatning oziq-ovqat va suv xavfsizligini rivojlantirishga yo'naltiriladi

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 150 million dollar kredit va 3 million dollar grant ajratishni maʼqulladi. Bu haqda OTB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu mablagʻlar Oʻzbekistonning oziq-ovqat va suv xavfsizligini yaxshilashga yoʻnaltiriladi. Ulardan iqlim o‘zgarishiga moslashishni hisobga olgan holda Orol dengizi havzasida suv resurslarini boshqarish loyihasi doirasida foydalaniladi.

Ma'lum qilinishicha bank o‘zining Yuqori texnologiyalar jamg‘armasidan 300 000 AQSh dollari miqdorida grant ajratadi.

“Ushbu loyiha hukumatning yuqori baholi ekinlarga o‘tish, yer va suv resurslarini boshqarishni yaxshilash hamda iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlaydi”, — deydi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Evgeniy Jukov.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda foydalaniladigan barcha suv resurslarining 90 foizi qishloq xo‘jaligiga, jumladan, g‘alla va paxtani sug‘orishga qaratilgan, biroq iqlim o‘zgarishi suv ta’minotiga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, loyiha Amudaryo va Zarafshon daryolari havzalarida suv hisobini takomillashtirish va mavjud irrigatsiya-drenaj infratuzilmasini modernizatsiya qilish orqali iqlimga chidamli va modernizatsiya qilingan irrigatsiya tizimlarini yaratadi.

Shuningdek, OTB suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya milliy strategiyasining suv va irrigatsiya subsektorlarida katta islohotlar kabi asosiy elementlarini amalga oshirishda hukumatni qo‘llab-quvvatlash uchun 850 000 AQSh dollari miqdoridagi texnik yordam grantini taqdim etadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling