O'zbekistonliklar "IPhone 14 Pro" sotib olish uchun qancha ishlashi kerak?

Oʻzbekiston fuqarolari asosiy konfiguratsiyadagi iPhone 14 Pro uchun 103,7 kun ishlashi kerak boʻladi

Foto: Akket.com

Foto: Akket.com

Oʻzbekistonliklar "IPhone 14 Pro" sotib olish uchun necha kun ishlashi kerakligi maʼlum boʻldi. Bu haqda "Picode" xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston fuqarolari asosiy konfiguratsiyadagi iPhone 14 Pro uchun 103,7 kun ishlashi kerak boʻladi.

Gadjetning narxi 999 dollarni tashkil qiladi. Shuni hisobga olish kerakki, bu toʻrtta shtat uchun tegishli “sof” narx (0 foiz savdo soligʻi). Masalan, Oʻzbekistonda 14 Pro uchun taxminan 1,6 ming dollar toʻlashingiz kerak boʻladi.

MDHning boshqa mamlakatlarida iPhoneʻni necha kunlik ish haqi evaziga harid qilish mumkinligi quyida keltirilgan:

  • Tojikiston — 179,5 kun;
  • Qirgʻiziston — 136,3 kun;
  • Ozarbayjon — 83,8 kun;
  • Armaniston — 76,7 kun;
  • Belarusiya — 55,2 kun;
  • Qozogʻiston — 58,5 kun;
  • Rossiya — 39,7 kun.

Oʻzbekistonda 2021-yilga nisbatan talab qilinadigan ish kuni bir haftaga oshgani maʼlum qilingan. Shuningdek, yangi iPhone olish uchun shveysariyaliklar 4,6 kun ishlashi kerak boʻladi. Eng yomon natija Argentinada boʻlib, u yerda gadjet 180 kunlik ish haqi evaziga harid qilinishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling