Moskvada havo isishi xavfli darajaga chiqishi e'lon qilindi

Mazkur ogohlantirish 25-avgustgacha amal qiladi

Foto: CentralAsia<br>

Foto: CentralAsia

Rossiya Gidrometeorologiya markazi mamlakatda havo haroratining 30-33 darajagacha ko'tarilishi, shu sabab yong‘in kelib chiqish xavfi tufayli Moskvada ob-havoning “to‘q sariq” darajasini e’lon qildi.

“Xavfli hodisalarning intensivlik darajasi toʻq sariq deb belgilandi. Tabiiy ofatlar, zararlar boʻlishi ehtimoli bor”, — deyiladi xabarda.

Maʼlumotlarga qaraganda, Moskva va uning atrofidagi viloyatlarda yongʻin xavfi haqidagi ogohlantirish 25-avgustgacha amal qiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling