Florida qirg'oqlariga kuchli bo'ron yopirildi — video

Ushbu to'fon shtat tarixida yuz bergan eng kuchli beshlikka kiradi

Foto: CNN<br>

Foto: CNN

AQShning Florida shtati qirg'oqlariga kuchli "Ien" to'foni yopirildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hozirga qadar to'fon oqibatida kamida ikki kishi halok bo'lgan. Shuningdek, to'fon sababli Amerika Qo'shma Shtatlari va Kubada suv toshqinlari hamda elektr ta'minotida uzilishlar yuzaga kelgan.

Foto: CNN<br>

Foto: CNN

Ma'lumotlarga ko'ra, to'fon oqibatida shtatning qariyb 2 million aholisi elektr ta'minotlarisiz qolgan.

Ma'lum qilinishicha, 28-sentyabr kuni kunduzi shamol tezligi soatiga 250 kilometrga yetib, eng xavfli bosqichga chiqqan.

Gubernator DeSantisning so'zlariga qaraganda, "Ien" to'foni shtat tarixidagi "Endryu" (1992-yil) hamda "Mayk" (2018-yil) to'fonlaridan keyingi kechli beshlikka kiradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling