Videodan lavha
Moskvadagi “Mega Ximki” savdo markazida 18 ming kvadrat metr maydonni qamrab olgan yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, dastlab "OBI" gipermarketining tomi yonib ketgan. Shundan so'ng, "OBI"da portlash sodir bo'lgan va inshootlar qulab tusha boshlagan.
Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘inni o‘chirish uchun aviatsiyani jalb qilmoqda. Favqulodda xizmatlarga yordam berish uchun Moskvadan oʻt oʻchiruvchilar ham yetib kelgan.
Qayd etilishicha, "OBI" doʻkonining qurilish boʻlimidagi boʻyoq qutilari va aerozollar yong'in natijasida portlagan.
Yong'in murakkablikning to'rtinchi toifasi, eng yuqorilaridan biri bo'lgan. Yong‘in sabablari va qurbonlari haqida hozircha ma’lumot berilmagan..
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling