Yaqinda "Bravo" jamoasining konsert dasturlari boshlandi. Jamoaning muxlislari guruh aʼzolaridan biri Shaxlo Zoirovani sahnada koʻrmay hayron boʻlishdi.
Muxlislar sanʼatkor jamoaning boshqa aʼzolari bilan kelisholmay qolgan deb tahmin qilishdi.
Shaxlo Zoirova konsert boshlanishi munosabati bilan sobiq guruhdoshlarini tabriklamagani esa yanada koʻproq mish-mishlarga sabab boʻldi.
"Shahloning to‘y xizmatlari ko‘p. Hozircha shu. U bilan ziddiyatga borganimiz yo‘q, bilganimiz turmush o‘rtog‘i ko‘proq oilaga vaqt ajratishini so‘rabdi. Shu bois, bu yilgi konsertda ishtirok etolmayd", – deydi "Bravo" jamoasining badiiy rahbari Umid Umarov.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling