Foto: BFMTV
Fransiyada joriy hafta boshidan buyon 10 ming gektarga yaqin o'rmon yonib ketdi. Bu haqda BFMTV telekanali o'z saytida xabar bermoqda.
Foto: BFMTV
Ma'lumotlarga ko'ra, 8-avgustdan beri Fransiyadagi o'rmon yong'inlari 9830 gektar o'rmonni yo'q qilgan.
Mamlakat janubi-g'arbidagi Jironde departamenti eng ko'p zarar ko‘rgan bo'lib, u yerda 7,4 ming gektar o‘rmon yonib ketgan. G'arbda, Meyn va Luarada yong'in 1,5 ming gektar, mamlakat janubidagi Aveyron va Loserda - 730 gektar, Ardecheda - 200 gektar maydonni yo'q qilgan.
Foto: BFMTV
Jironde o't o'chirish boshqarmasi boshlig'i Mark Vermeulenning aytishicha, 11-avgust kuni yong'inlarni o'chirishda ikki nafar o't o'chiruvchi jarohatlangan. Yong'inni o'chirish davom etmoqda.
Fransiya bosh vaziri Elizabet Born avvalroq Fransiya Yevropa Ittifoqidan mamlakatdagi o'rmon yong'inlarini bartaraf etish uchun qo'shimcha yong'in o'chirish samolyotlarini so'rashini ma'lum qilgan.
Avvalroq Fransiyada sodir bo'lgan o'rmon yong'inlari tufayli suv iste'moliga katta cheklov joriy qilingan edi. Pei-de-la-Luar va Yangi Akvitaniya mintaqalaridagi ba'zi departamentlar har qanday ustuvor bo'lmagan, shu jumladan qishloq xo'jaligi uchun suvdan foydalanishni cheklovchi qizil ogohlantirish e'lon qilingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling