1-noyabr sanasi bilan bogʻliq boʻlgan dunyodagi muhim voqealari qatoridan “Lissabonda sodir boʻlgan zilzila” va “All Saints Flood—Avliyolar toʻfoni” oʻrin olgan

1-noyabr sanasi bilan bogʻliq boʻlgan dunyodagi muhim voqealari qatoridan “Lissabonda sodir boʻlgan zilzila” va “All Saints Flood—Avliyolar toʻfoni” oʻrin olgan

Lissabon zilzilasi

1755-yil 1-noyabr kuni Portugaliyada dahshatli zilzila sodir boʻlgan. Bu Portugaliya tarixidagi eng kuchli zilzila boʻlib, mamlakatga juda katta talofat keltirgan. Zilzila oqibatida taxminan 90 ming kishi halok boʻlgan, 17 ming uy, 32 monastir, 53 saroy vayrononaga aylangan. Oʻsha davrda zilzila darajasini oʻlchovchi seysmograflar boʻlmagan.

Lekin, mashhur seysmologlar Gutenberg va Rixterlarning fikricha, zilzila magnitudasi 8,75—9 ga yetgan. Baʼzi mutaxassislarning taʼkidlashicha, zilzila magnitudasi 8,6 dan oshmagan. Ushbu tabiiy ofat 2,5 mln. km² maydonda Lissabon shahridan 2200 km masofagacha sezilgan.

Shuningdek, tebranish Portugaliya va Ispaniyadan tashqari Afrika shimolida, Yevropa qitʼasida esa Skandinaviya mamlakatlariga qadar yetib borgan. Suv havzalarida sunami va seyshlar (zilzila natijasida dengiz va koʻllarda yuz bergan suvning rezonans chayqalish hodisasi) kuzatilgan.

All Saints Flood — Avliyolar toʻfoni

1570-yil 1-noyabr kuni ertalab Bergen shahar kengashi “favqulodda kuchli suv toshqini” haqida mamlakat aholisini ogohlantirdi. Ammo bu aholini suv toshqinidan qutqarib qololmadi.

Uzoq davom etgan boʻron sababli suv sathi meʼyordan sezilarli darajada balandga koʻtarildi. Shu sababli katta toshqin kelib chiqdi va mamlakatning katta qismi suv ostida qoldi.

Frizlandiyada 3000 nafardan ortiq odam halok boʻldi, Flandriyada esa toʻrtta qishloq qalin loy qatlami ostida qolib ketdi. Gollandiya provinsiyasining oltidan besh qismi suv ostida qoldi. Bir qator Zeeland qishloqlari va Antverpen atrofidagi katta hudud, jumladan, Verdronken Land van Saftingeni suv yuvib ketdi. Mamlakatga kelgan tabiiy ofat barcha qishki zahiralar bilan toʻldirilgan omborlar va shiyponlar yoʻq qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, jami 20 mingdan ortiq odam halok boʻlgan, 10 minglab odamlar boshpanasiz qolgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling