Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda “Moskvich” rusumli transport vositasi haydovchisining yoʻl-patrul xizmati inspektorini haqorat qilayotgan holati aks etgan video tarqaldi. Fargʻona viloyati IIB holatga izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 12-oktyabr kuni YPX inspektori safdor A.Ikromov A373-“Toshkent-OSH” avtomobil yoʻlida xizmat olib borayotgan vaqtida “Moskvich” haydovchisi yoʻl harakat qoidasini buzib, transport vositasining old oʻrindigʻiga 12 yoshga toʻlmagan farzandini oʻtqazib olganligi sababli toʻxtatgan.
Inspektor tomonidan maʼmuriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilayotgan paytda, haydovchi xodimni turli nooʻrin soʻzlar bilan soʻkib, haqorat qilgan.
Hozirda haydovchining xatti-harakatlariga qonuniy baho berishlik uchun Yozyovon tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling