Foto: Yandex.ru
Jahon Chempionatining 2-turidan oʻrin olgan Kamerun – Serbiya uchrashuvi o'z nihoyasiga yetdi.
Dastlab Kastelletto afrikaliklarni 29-daqiqada hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda serblar Pavlovich va Milinkovich-Savich tomonidan kiritilgan gollar evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. 53-daqiqada Mitrovich tablodagi natijani 3:1 koʻrinishiga keltirdi, ammo Kamerun hujumchilari Vensan Abubakar va Chupo-Moting 63 hamda 66-daqiqalarda gol urib, yakuniy natijani oʻrnatdi - 3:3.
Kamerun – Serbiya 3:3
28-noyabr, 15.00, “Al Janoub Stadium”
Gollar: 1:0 – 29 Kastelletto, 1:1 – 45 Pavlovich, 1:2 – 45 Milinkovich-Savich, 1:3 – 53 Mitrovich, 2:3 – 63 Abubakar, 3:3 – 66 Shupo-Moting.
Kamerun – Epassi, Fe, Nkulu, Kastelletto, Tolo, Kunde (Ondua, 67), Zambo-Angissa (Gvet, 81), Ongla (Abubakar, 55), Shupo-Moting, Toko-Ekambi (Bassogog, 67), Mbemo (Nkudu, 81).
Serbiya – Milinkovich-Savich, Velkovich (Babich, 78), Milenkovich, Pavlovich (Mitrovich, 56), Kostich, Milinkovich-Savich (Gruyich, 79), Maksimovich, Lukich, Jivkovich (Radonich, 78), Tadich, Mitrovich.
Ogohlantirishlar: Nkulu (24), Bassogog (30), Yovich (45).
"G" guruhida 2-tur doirasidagi keyingi uchrashuv Braziliya va Shveysariya o'rtasida bo'ladi
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling