Foto: The Seattle Times
Gonkongning mashhur hududlaridan biri boʻlgan Chimsacheyda qurilayotgan osmonoʻpar binoda sodir boʻlgan yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan 9 soat deganda bartaraf etildi.
Payshanba kuni kechqurun, Toshkent vaqti bilan 22:46da boshlangan yongʻin jiddiylik darajasi boʻyicha 4-darajali deb topilgan.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, yongʻinda yangi qurilayotgan 42 qavatli bino atrofida foydalanib turilgan yogʻoch narvonlar yongan.
Oʻt oʻchiruvchilarning maʼlum qilishicha, yongan narvonlarning ayrim qismlari qoʻshni binolarda kichik yongʻinlarga sabab ham boʻlgan, biroq ular tezda oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida ikki kishi jarohatlangan. Yongʻinni oʻchirishda 130 dan ortiq mahalliy aholi evakuatsiya qilingan. Qurbonlar haqida maʼlumot yoʻq.
42 qavatli osmonoʻpar bino qurilishi joriy yilda yakunlanishi kerak edi. Hozircha yongʻin sabablari maʼlum qilinmagan, tergov harakatlari olib borilmoqda.