Foto: RT
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on Lvovda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv tashkillashtirib berishni taklif qiladi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Putin va Zelenskiy Ukrainada tinchlik jarayoni bo‘yicha "yo'l xaritasi" tuzish uchun uchrashuv o"tkazishi mumkin. Avvalroq Rossiya tomoni bunday uchrashuvni hozircha rejalashtirmayotganini aytgandi.
Turkiya OAVlari fikricha, muzokaralar yakunida Moskva va Kiyev yarashish uchun "yo'l xaritasi" tuzishi mumkin. Hatto agar Ukrainada uzil-kesil sulhga erishilmasa-da, eng kamida barqaror o't ochishni to'xtatish rejimiga erishilishi Zelenskiy Lvovda BMT bosh kotibi Guterrish ishtirokidagi sammitda Erdo'g'onga qanday signallarni yuborishiga bog'liq bo'ladi.
NTV telekanalining xabar berishicha, Rajab Toyyib Erdo'g'on vaqtinchalik o't ochishni to'xtatish tashabbusini taklif qilmoqchi. Shuningdek, u mahbuslarni almashishda Turkiyaning vositachiligini muhokama qilishni rejalashtirgan.
Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovich, o'z navbatida, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Vladimir Zelenskiyni diplomatik kelishuvga rozi bo'lishga va mamlakat janubini Kiyev nazorati ostiga qaytarish rejalaridan voz kechishga ko‘ndirmoqchi.
"Balki shunday bo'lar. Lekin men u nima deb javob berishini aytishga ham qo‘rqaman", — deydi Arestovich.
Rossiya va Ukraina o'rtasidagi harbiy mojaro boshlanganidan beri Turkiya ziddiyatli davlatlar o'rtasida vositachilik qilishga harakat qilmoqda.
Avvalroq janob Erdo'g'on o'z mamlakatida Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy sammitini o'tkazishni bir necha bor taklif qilgan edi. Uning vositachiligida Ukrainadan harbiy harakatlar tufayli to'sib qo'yilgan donni eksport qilish bo'yicha kelishuv ham tuzildi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Moskva uning Rossiya va Ukraina rahbarlarining uchrashuvi haqidagi taklifini qabul qilishni hozircha imkoni yo'q deb hisoblashini ta'kidlagandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling