Foto: UzReport. news
Toshkent shahridagi G'afur G'ulom bog'i 24-oktyabr kuni ochilishi mumkin. Bu haqda "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 24-oktyabr kunidan boshlab aholiga bog' hududiga kirishga ruxsat beriladi. Xabarga ko'ra, ayni kunlarda bog' hududida so'nggi ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun, mazkur bo'g 2019-yilning avgust oyida BMP Smart Desison kompaniyasiga 49 yilga ijaraga berilgan. Shuningdek, kompaniya investitsion majburiyatlari doirasida bog'ni jahon standartlariga jabvob beradigan qilib qayta ta'mirlashi kerak.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling