Foto: Getty Images
Qatar mezbonligidagi 2022-yilgi Jahon Chempionati 20-noyabr kuni start oladi. Unda mezbon Qatar terma jamoasi Ekvadorga qarshi maydonga tushadi. O‘yin O‘zbekiston vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
JCH—2022 musobaqasi Qatardagi 8 ta stadionda bo‘lib o‘tadi. 32 jamoa 8 ta guruhga bo‘lingan holda chempionlik uchun kurashadi. Final bahsi 18-dekabrga mo‘ljallangan.
Quyida guruh bosqichi ishtirokchilari bilan tanishing:

Foto: Marca
Ochilish marosimi kuni faqat Qatar hamda Ekvador terma jamoalari o'yini o'tishi belgilangan, qolgan 1-tur bahslari esa 21-noyabrdan boshlanadi.

Foto: Sport TV
Yuqorida 1-tur o'yinlari Toshkent vaqti bilan qachon boshlanishi haqida ma'lumot berilgan.
"E" guruhidan joy olgan Ispaniya va Germaniya terma jamolari o'rtasidagi futbol to'qnashuvi muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutilmoqda.