Munisa Rizayeva yangi klipini suratga olish jarayonini namoyish qildi — video

Klip suratga olinayotgan taronaning bir parchasi o'tgan yilning oxirida taqdim etilgan

Munisa Rizayeva yangi klipini suratga olish jarayonini namoyish qildi — video

Foto: Instagram

Xonanda Munisa Rizayeva o'zining yangi qo'shig'iga klip suratga olish jarayonlaridan videolavhalar namoyish qildi.

Videolavhada klipda bosh rolni ijro etayotgan aktrisa Yulduz Rajabova ham ko'rinish bergan.

Shuningdek, videoda Munisa Rizayeva yangi klipining suratga olish jarayonida ekanliklarini aytib o'tgan. Shu bilan birga bosh rolni ijro etayotgan Yulduz Rajabovaga kelgani uchun minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib o'tamiz, klip suratga olinayotgan taronadan parcha o'tgan yilning oxirida taqdim etilgan edi. Ammo hali ushbu qo'shiqning to'liq versiyalari musiqiy platformalarga joylanmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar