O'zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma'lum qilindi

Hafta davomida asosan ochiq havo saqlanib qoladi

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

O'zbekistonda joriy hafta davomida asosan ochiq ob-havo saqlanib qoladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, o'tgan dam olish kunlari mamlakatimiz hududiga Ural (Rossiya) hududidan salqin havo massasi kirib kelgan. Havo harorati kechalari 10-15darajagacha, kunduz kunlari 25-30 darajagacha pasayishi kuzatildi.

"O'zgidromet" xabariga ko'ra, bugun va hafta davomida O'zbekiston bo'yicha avgust oyi oxirgi o'n kunligi uchun me'yoriy qiymatlarga yaqin bo‘lgan qulay harorat bilan asosan ochiq ob-havo saqlanib turadi.

Kechalari harorat 12-17 darajadan yuqori bo'lmaydi, haftaning birinchi yarmida kunduz kunlari harorat 27-30daraja atrofida bo'ladi, ish haftasining oxiriga kelib harorat 31-34 darajagacha ko'tarililishi kutilmoqda.

Shuningdek, bugun va ertaga respublika bo'yicha ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to'zonlar kuzatiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling