Foto: Tez News
Oʻzbekistonda hafta boshida havo harorati kechalari 15-20 daraja iliq, kunduz kunlari esa 34-39 daraja issiq boʻlishi kutilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, haftaning ikkinchi yarmida mamlakatga salqin havo oqimi kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kechalari 13-18 daraja, kunduzi esa 30-35 daraja boʻlishi kutilmoqda.
Shuningdek, 7-9-sentyabr kunlari Qoraqalpogʻistonning ayrim hududlarida qisqa yomgʻir yogʻish ehtimoli bor.
Taʼkidlanishicha, 6-sentyabr kuni shimolda 7-8-sentyabr kunlari respublikaning choʻl hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling