O'zbekistonga Volga bo'yi hududidan nam va salqin havo oqimi kelishi kutilmoqda

Tog'li hududlarda yomg'ir yog'ishi va ba'zi joylarda hatto qorga aylanishi mumkin

Foto: Qalampir.uz<br>

Foto: Qalampir.uz

O'zbekistonga Volga bo'yi hududlaridan biroz nam va salqin havo kirib keladi. Bu haqda "O'zgidromet" matbuot xizmati xabar bermoqda.

10-12-sentabrda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

Shuningdek, 11-sentabrda Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamolning kuchayishi ba’zi joylarda 20-23 m/s ga yetishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 11-sentabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, 12-sentabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi, shuningdek, baland tog‘larda (2500 m dan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

Ma'lum qilinishicha, 11-12-sentabrda respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 10-13 darajagacha, kunduz kunlari 25-28 darajagacha pasayishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling