Foto: YHXX
Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transsport hodisasi oqibatida ikki nafar yoʻlovchi halok boʻldi. Bu hadqa Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 12-noyabr kuni soat taxminan 09:30 lar atrofida, Qashqadaryo viloyati, Koʻkdala tumani, Toshli MFY hududidan oʻtuvchi 4R-87 avtomobil yoʻlining 46-kilometrida sodir boʻlgan.
Unga koʻra, 36 yoshli fuqaro boshqaruvida boʻlgan “Labo” avtomobilning yukxonasida odam tashish qoidalarini buzgan holda yoʻlovchilar mindirib harakatlanayotgan vaqtda yoqilgʻisi tugab transport vositasi sekinlashgan.
Haydovchi avtomobilni yoʻl chetiga olib chiqayotgan vaqtda ushbu yoʻnalishda, ortidan harakatlanib kelgan 35 yoshli haydovchi boshqaruvida boʻlgan “Isuzu” rusumli avtomobilda yoʻl chetiga harakatlanayotgan “Labo”ning aynan odamlar minib olgan qismiga qattiq zarb bilan toʻqnashgan va ikkala yuk avtomobillari yoʻl chetiga agʻdarilgan.
YTH natijasida, “Labo” avtomobilining yukxonasida boʻlgan ikki nafar yoʻlovchilar ogʻir tan jarogʻatlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, besh nafar yoʻlovchilar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi Yoʻl-transport hodisalari bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilish boʻlinmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-modda (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling