Toshkentda piyoda “peshexod”dan o‘tayotgan vaqtda Lacetti urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani, KXAY ko‘chasida 2-may kuni soat 17:40 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

2004-yilda tug‘ilgan A.A. Lacetti avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Hodisa oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari  natijasida shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib haydovchiga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.  

Tergov harakatlari davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling