G'ozg'on shahar prokurori mashinasi YTHga uchradi

Mashina ichida bo'lgan prokuror tan-jarohati olmagan

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Navoiy viloyati G'ozg'on shahar prokurori mashinasida YTH sodir bo'ldi. Bu haqda Navoiy viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Gʻozgʻon shahar prokuraturasi haydovchisi  boshqaruvidagi Lacetti mashinasi bilan avtohalokatga uchragan. Mashina Navbahor tumani “M.Ulugʻbek” mahallasi hududida yoʻlning keskin burilish joyida qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan Nurota tumani “Temirqovuq” mahallasida yashovchi fuqaro boshqaruvida boʻlgan Lacetti bilan toʻqnashgan.

Yoʻl transport hodisasi natijasida fuqaro hamda Gʻozgʻon shahar prokuraturasi haydovchisi  tan-jarohati olgan. Avtomashina haydovchisi yonida boʻlgan Gʻozgʻon shahar prokurori B.Isoqov tan-jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgan boʻlib, sud-tibbiy, avtotexnika va boshqa ekspertizalar tayinlandi.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling