Messining posti layklar soni bo'yicha Instagram'da rekordchiga aylandi — foto

Futbolchining mazkur posti 56 milliondan ortiq layk toʻplagan

Foto: Instagram<br>

Foto: Instagram

Argentinalik futbolchi Lionel Messining Qatarda jahon chempionati gʻolibi kubogini ushlab turgan surati Instagram tarixida eng koʻp layk toʻplagan postga aytlandi.

Maʼlumot uchun, Qatarda boʻlib oʻtgan jahon chempionati final uchrashuvida Argentina terma jamoasi Fransiya terma jamoasini magʻlub etgandi. Penaltilar seriyasida argentinaliklar 4:2 hisobida gʻalaba qozonishgan.

“Jahon chempionlari! Buni qanchalar orzu qilardim, qanchalar xohlardimki, haligacha ishonmayapman. Oilamga, meni qoʻllab-quvvatlaganlarga, shuningdek, bizga ishongan barchaga katta rahmat”, - deb yozadi futbolchi.

Futbolchining ushbu posti layklar soni boʻyicha Instagramʼda rekordchiga aylandi. Leonal Messining bu posti 56 milliondan ortiq layk toʻplagan.

Mazkur rekordning avvalgi egasi oddiygina tuxum surati boʻlib, u 55,8 million layk to‘plagan.


telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar