.
Leo17 taxallusi bilan tanilgan Shahzoda Salimjonova o‘zbekistonlik bloger, aktrisa va model hisoblanadi. U 1998-yil 17-avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Faoliyatini 2016 yilda o'zining Instagram akkauntini yaratish bilan boshlagan, hozirda 1,3 million obunachisi bor (maqola yozilgan paytda).
Bolalik va o’smirlik davri
Shahzoda Toshkentda tug‘ilgan bo’lsada keyinchalik butun oilasi Qashqadaryoning Qarshi shahriga ko‘chib o‘tgan, Shahzoda o‘sha yerda voyaga yetgan. Millati: ota tomonidan o‘zbek, onasi tomonidan esa tojik. Bloger o'z oilasi haqida gapirishni yoqtirmaydi, lekin ma'lumki, qiz onasi va singlisi bilan o'sgan, yoshligida otasi oilani tark etgan.
Shahzodaning turmushga chiqqan va o‘g‘il farzand ko'rgan opasi ham bor.
Ta'lim
Ma’lumki, Shahzoda 2005-yilda Qarshi shahridagi odiiy maktabda o‘qishni boshlagan oddiy qiz bo’lgan: a’lochi o‘quvchi, lekin "botanik” ham emasdi.
Oilada otasi yo'qligi sababli uni maktabda tez-tez masxara qilishardi. Leo17 yoshligida sochlari juda kalta bo'lganligi uchun uni ko'pincha kal deb ham atashgan.
Shahzoda 2018-yilda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining biznes va menejment yo‘nalishiga o‘qishga kiradi va uni 2021-yilda tamomlaydi.
Karyera yo’li
Shahzoda o‘z faoliyatini 2016-yilda boshlagan, o‘shanda u Instagramda o‘zining ilk 1000 nafar obunachisiga ega bo‘lgan, shundan so‘ng u o'zining akkaunti uchun Leo_17 taxallusini tanlaydi. Shu yili u Haidali Models Agency model agentligi bilan hamkorlik o’rnatadi. Darslarning birinchi kunida master-klass tashkilotchilari uni payqashadi va model sifatida ishga olishadi. Professional fotosessiyalarda qatnashgandan so'ng, uning akkaunti yana 9000 obunachiga ko'payadi.
Ayni paytda Shahzodaning akkauntida 1,3 million obunachi bor. Hozir u reklama bilan faol shug'ullanib shaxsiy brendini rivojlantirmoqda. Shahzoda o‘zining shaxsiy kiyim brendini yaratishni orzu qilishini bir necha bor aytib o'tgan.
U Shohruxxon, Ulug‘bek Rahmatullaev, Sardor Mamadaliyev, Farux Komilov, Shoxrullo Abdullaev va boshqalarning kliplaridagi rollari bilan ham mashhur bo‘lgan.

Ulug'bek Rahmatulayevning qizalog'im klipidan kadr
Giyohvand moddalarni reklama qilish mojarosi
Kunlarning birida Shahzoda manbasini tekshirmasdan o‘z akkauntida reklama joylashtirgan. U reklamada qatnashishga rozi bo'lgach, Qozog'iston ko'chalarida uning fotosuratlari bilan bannerlar, broshyuralar va varaqalar tarqatilgan. Reklama shartlarga ko'ra, Shahzoda ma’lum birchallenjning boshlanishi haqida post chiqarishi kerak edi. Shartlar oddiy : banner yonida suratga tushing va uni sahifangizga joylashtiring. Shundan so'ng obunachilar Iphone yutib olish imkoniyatiga ega bo'lgan. Ammo, keyinchalik reklamada narkotik moddalar targ’ib qilinayotganligi ma'lum bo'lgan.
"Bu dori ekanligini bilgach, darhol postni o'chirib tashladim. Reklama borasida men bilan gaplashgan ayol ham menga qanday mahsulotni taklif qilayotganini bilmaganman. Keyinchalik u menga bog'lanish uchun ikki erkakning kontaktini berdi, lekin ular mening xabarlarimga javob berishmadi va e'tiborsiz qoldirishdi. Menimcha, bunday vaziyatlarda bloggerlar aybdor emas, chunki men ular menga nimani taklif qilishganini bilmasdim" - dedi blogger.
Ushbu mojarodan keyin qiz reklama buyurtma qilgan odamlarni sudga berdi.
Shahsiy hayoti
Ma'lumki, 2017 yilda Leo17 musiqachi va futbolchi Shohjaxon Subanov bilan munosabatlarni boshlagan. Ular 4 oy uchrashib, keyin unashtirildi.
Keyinchalik ular unashtiruvni to'xtatishadi. Shahzodaning aytishi bo'yicha, ular xarakter va dunyoqarash borasida bir birlariga mos kelmagan.
Oradan biroz vaqt o‘tib, intervyularidan birida Salimjonova yigiti bilan ajrashganidan so‘ng Instagram akkauntidagi obunachilari soni keskin o'sganini aytgan. Shuningdek, Shahzoda o‘z intervyusida shu paytgacha uch nafar yigit bilan jiddiy munosabatda bo‘lganini tan olgan, biroq ularning ismlarini oshkor qilmagan.