Foto: Reuters
Xitoyning sobiq prezidenti Szyan Szemin 30-noyabr kuni 96 yoshida vafot etdi. Bu haqda Xitoy davlat matbuoti xabar bermoqda.
“Barchamiz uchun hurmatli boʻlgan Szyan Szemin koʻp aʼzolar yetishmovchiligi bilan asoratlangan leykemiyadan aziyat chekdi, uni saqlab qolishning iloji boʻlmadi. 2022-yil 30-noyabr kuni soat 12:13 da (Toshkent vaqti bilan 09:13 da) Shanxayda 96 yoshida vafot etdi”, — deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, u 1989-yil 23-24-iyun kunlari boʻlib oʻtgan XXR XIII Markaziy Qoʻmitasining 4-plenumida Xitoy Xalq Respublikasining oʻsha paytdagi rahbari Den Syaopinning taklifiga binoan u Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Qoʻmitasi Bosh kotibi etib saylangan. Ammo u tezda partiya, hukumat va armiya boshqaruvini oʻz qoʻliga olishga muvaffaq boʻlib, 1993-yilda Xitoy Xalq Respublikasi raisi boʻldi.
U oʻz siyosatida Den Syaopin boshlagan islohotlarni davom ettirdi. Jahon bozorlari uchun kurashni endi boshlagan Xitoyni boshqargan Szyan Szemin Xitoy iqtisodiyotini dunyoda yettinchi oʻringa olib chiqdi.
Xitoy Kommunistik Partiyasi saflarida konservatorlarning qarshilik koʻrsatishiga qaramay, Szyan Szemin oʻzining “uch vakillik” nazariyasini partiya dasturiga kiritishga muvaffaq boʻldi. Bu esa ziyolilarni siyosiy huquqlarda ishchilar va dehqonlar bilan tenglashtirib, partiyaga yoʻl ochdi.
2002-2005-yillarda XXRning partiyaviy va davlat rahbariyatiga hokimiyatning oʻtkazilishi natijasida u barcha oliy partiyaviy, davlat va harbiy lavozimlarni – KKP Markaziy Qoʻmitasi Bosh kotibi, XXR raisi va rahbari lavozimlaridan voz kechgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling