Turkiyada inflyatsiya rekord darajaga yetdi

Bu mamlakatda 1998-yil sentyabr oyidan beri eng yuqori yillik inflyatsiya darajasidir

Foto: Ведомости

Foto: Ведомости

Turkiya Statistika instituti ma'lumotlariga ko'ra, sentyabr oyida Turkiyada yillik inflyatsiya 83,45% yangi cho'qqisiga chiqdi va bir oy davomida uning o'sishi 3,08% ni tashkil etdi.

Ma'lum qilinishicha, oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklar narxlarining yillik o‘sishi 93 foizni, transport tarmog‘ida esa 117,66 foizni tashkil etgan. O'tgan yil davomida narxlarning eng kam o'sishi aloqa (30,76 foiz) va ta'lim (36,69 foiz) sohalarida kuzatilgan.

Xabarlarga ko'ra, milliy valyutaning zaifligi Turkiyada inflyatsiya o'sishiga olib kelmoqda. Uning joriy kursi Turkiya tomonidan import qilinadigan tovarlarning ichki bozorda yuqori narxlarda taklif qilinishini ko'rsatadi.

Shuningdek, narxlarga xalqaro ta'minot zanjirlari bilan bog'liq muammolar ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda, bu esa yarim tayyor mahsulotlar narxining oshishiga olib keladi. Shu bilan birga, narxlarning oshishiga Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida elektr energiyasi narxining oshishi ham sabab bo'lmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling