Yelizaveta II saroyiga kirish pulli qilib qo'yildi

Vindzor saroyi Yelizaveta II vafotidan so‘ng qayta ochilmoqda

Foto: wikipedia

Foto: wikipedia

Buyuk Britaniyadagi Vindzor saroyi yana tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi. Qirolichaning vafoti munosabati bilan saroy yopiq edi.

Endi shanba kunidan tashqari u yerga kirish uchun 26,6 funt sterling, shanba kuni esa 28,5 funt sterling to‘lash kerak.

Qirollik kolleksiyasi kassasiga kelib tushayotgan mablag‘ qirollik oilasiga borib tushadi. Ammo qirolicha ruhiga hurmat bajo keltirmoqchi bo‘lganlar nega buning uchun pul to‘lashi kerakligini tushunmayapti.

Ular ijtimoiy tarmoqda qirollik oilasini fuqarolarning sadoqatidan foydalanib “qirolichaning o‘ligidan pul qilishda” ayblamoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling