Qatarda boʻlib oʻtayotgan Jahon Chempionatining “F” guruhi, 3-turidan oʻrin olgan ikki oʻyini yakunlandi.
Xorvatiya — Belgiya hamda Marokash — Kanada terma jamoalari oʻzaro bahs oʻtkazdi va shundan soʻng nimchorak final ishtirokchilari aniq boʻldi.
Unga koʻra, “F” guruhida Marokash 7 ochko bilan 1-oʻrinni egalladi. Xorvatiya 5 ochko bilan 2-pogʻonani band etib, pley-offga yoʻl oldi. Belgiya 4 ochko bilan guruhda qolib ketdi. Kanada esa birorta ham ochko jamgʻara olmasdan, soʻnggi oʻrindan joy oldi.
Xorvatiya — Belgiya 0:0
Xorvatiya: Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa, Modrich, Kovachich (Maer, 90), Brozovich, Perishich, Kramarich (Pashalich, 64), Livaya (Petkovich, 64).
Belgiya: Kurtua, Mene (Azar, 87), Vertongen, Alderveyreld, Kastan, Dendonker (Tilemans, 72), Vitsel, de Bryuyne, Karrasko (Doku, 72), Mertens (Lukaku, 46), Trossard (Azar, 59).
Ogohlantirish: Dendonker (66).
Kanada — Marokash 1:2
Gollar: 0:1 – 4 Ziyosh, 0:2 – 23 En-Nesiri, 1:2 – 40 Agerd (avtogol).
Kanada: Boryan, Jonston, Vitoriya, Miller, Adekugbe (Kone, 61), Osorio (Lareyya, 66), Key (Hatchinson, 60), Devis, Hoylett (Uozerspun, 76), Larin (Devid, 60), Byukenen.
Marokash: Bunu, Hakimi (Jabran, 85), Saiss, Agerd, Mazraui, Amrabat, Sabiri (Amalla, 65), Unai (El-Yamik, 77), Ziyosh (Amdalla, 76), Bufal (Abuxlyal, 65), En-Nesiri.
Ogohlantiishlar: Hoylett (7), Osorio (27), Adekugbe (45), Vitoriya (84).
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling