Eronlik futbolchilarni kutayotgan tahdid, to'pga tegmagan Ronalduning sochi, Ramzan Qodirov bilan quroldan otishni o'rgangan UFC yulduzlari— kunlik sport dayjesti

Ushbu materialda eng muhim kunlik sport xabarlari bilan tanishib borishingiz mumkin

Foto: AFC

Foto: AFC

Repost.uz nashri O'zbekiston va dunyo bo'yicha eng qiziq sport xabarlarini qisqa va tushunarli ko'rinishda bir joyga jamladi.

Eron futbolchilarining oila aʼzolari mamlakat tomonidan tahdidga uchradi

Foto: CNN

Foto: CNN

Agar Eron termasi vakillari AQSH bilan oʻyin oldidan milliy madhiyani kuylashmasa, futbolchilarning oila aʼzolarini qamoq va qiynoqlar kutmoqda.

Bugun Eron terma jamoasi guruh bosqichi 3-turida AQSHga qarshi oʻynaydi.

CNN muxbiri Sem Kilining soʻzlariga koʻra, futbolchilarning oilasi Amerika bilan uchrashishdan oldin oʻzini “toʻgʻri tutmasa” (madhiya aytmasa) jinoiy javobgarlikka tortiladi va qiynoqlarga duchor boʻladi.

Qatardagi turnirda Eron xavfsizlik xizmatining harakatlarini kuzatuvchi manbaga koʻra, Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining oʻnlab rahbarlari milliy terma jamoa futbolchilarini kuzatib borishmoqda. Futbolchilarga milliy terma jamoa ixtiyorini tark etish va xorijliklar bilan uchrashish taqiqlangan.

Adesanya Maxachev - Volkanovski jangi haqida: “Aleksning gʻalabasi uchun uyimni ham tika olaman”

Foto: Twitter

Foto: Twitter

UFC sobiq chempioni Israel Adesanning fikricha Aleks Volkanovski Islam Maxachevga qarshi jangda favorit.

“Men eng kuchli kurashchi emasman, ammo gavda boʻyicha ustunligim boʻlsada, zarbani koʻtara olmadim. Buni uddalash qiyin.

U doimo amallash yoʻlini topadi. U ayyor va tajribali jangchi. Uni ustiga Aleksda qoʻl va oyoqda yaxshi zarbasi bor.

Islam - buyuk. Bu dogʻistonlik yigitlar nima qilayotganliklarini biladilar. Ammo Aleksning gʻalabasi uchun uyimni tika olaman. Volkanovsi shunchaki oʻzgacha”, - dedi Israel.

FIFA ekspertlari toʻp ichidagi moslamani tekshirdi va golni Fernandesh urganini tasdiqladi

Jahon chempionati 2-turidan joy olgan Portugaliya-Urugvay o'rtasida kechgan bahsdagi birinchi gol Bruno Fernandesh hisobiga yozildi.

Portugaliya futbol federatsiyasi Urugvayga qarshi oʻyinda birinchi golni Ronaldu hisobiga yozish boʻyicha FIFAga soʻrov yubordi. Portugaliya FFga koʻra, toʻp Ronalduning boshiga tekkan deya ta'kidlangan edi.

Biroq, FIFA to'pga o'rnatilgan mahsus datchiklar gol Brunoga tegishli ekanligini ko'rsatganini ma'lum qildi.

Denis Istomin Portugaliyadagi ishtirokini gʻalaba bilan boshladi

Portugaliyaning Maya shahrida tennis boʻyicha “Chellenjer 80” turkumiga kiruvchi turnir start oldi.

Mukofot jamgʻarmasi 45ming 730 yevroni tashkil qiluvchi musobaqada Denis Istomin ham ishtirok etyapti. Tajribali tennischi saralashning ilk davrasida turnirga imtiyozli ravishda qoʻyilgan portugaliyalik Gilyerme Valdoleyrosni 6/1, 6/1 hisobida magʻlub etdi.

Saralashda sakkizinchi raqam ostida tasniflangan Istomin asosiy toʻrga yoʻllanma beruvchi saralashning final uchrashuvida qozogʻistonlik Denis Yevseyevga qarshi kortga chiqadi. Denis ayni paytda ATP reytingida 479, Yevseyev esa 295-oʻrinni

UFC yulduzlari Chechenistondagi poligonda quroldan o'q otishdi

UFC jangchilari Kamaru Usman, Genri Sexudo va Jastin Getji Rossiyada boʻlishdi.

Sportchilar Rossiyaning Checheniston Respublikasiga Ramzan Qodiroov taklifi bilan borishdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling