Foto: t.me/uzbekistan_news_uznews
Shaharda axlat qutilarining yetishmasligi doimiy dolzarb muammolardan biriligicha qolmoqda. Fuqarolardan biri "Xalq nazorati" portaliga chiqindi qutilari yetishmasligidan murojjat qilgan.
Qayd etilishicha, murojaatdan so'ng Toshkent shahar hokimligi ayni paytda 720 ta yangi chiqindi qutilarini shahar bo'ylab o‘rnatib chiqqan.
Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Rustam Yusupov xabar berishicha, 2022-2023- yillarda Toshkent shahriga jami 9 ming 300 ta chiqindi qutisi o'rnatish rejalashtirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling