Toshkentda o'zini "SES" xodimi deb tanishtirib, tadbirkorlardan pul undirayotgan shaxslar paydo bo'ldi

Ular tadbirkorlik subyektlariga kirib dezinseksiya va deratizatsiya ishlarini amalga oshirib berishlarini aytga

Foto: olx.uz

Foto: olx.uz

 Toshkenda o'zini "SES" xodimlari deb tanishtirib tadbirkorlardan pul undirayotgan shaxslar  uchramoqda, deb xabar berdi Sanitariya epidemiologiya xizmati.

Aytilishicha, mazkur videoda koʻrsatilgan qoʻshtirnoq ichidagi “Toshkent shahar soxta SES xodimlari” Toshkent shahridagi bir necha tadbirkorlik subyektlariga kirib, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya ishlarini bir yil davomida amalga oshirib beramiz, shuning bilan birga sizlarni yil davomida hech qanday tekshiruvchi kelib bezovta qilmaydi, degan vajlarda tadbirkorlarimizni aldab soxta hujjatlarni koʻrsatib, pul undirib yurishibdi.

Sanitariya epidemiologiya xizmati rasm va videoda koʻrsatilgan “soxta SES xodimlari” Sanepidxizmatning Toshkent shahar boshqarmasi va tuman hududiy boʻlimlarida faoliyat yuritmasligini maʼlum qilgan va tadbirkorlarni aldanib qolmaslikka chaqirgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling