Foto: Teznews
O‘zbekistondagi bolalar va o‘smirlar muassasalarida sanitariya qoidalarini buzgan 6 ming 499 nafar ishchi-xodim ishdan chetlashtirildi. Bu haqda Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2022-yilning o‘tgan davri davomida bolalar va o‘smirlar muassasalarida sanitariya qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan jami 10 ming 818 ta rejali tekshirish o‘tkazilgan.
Tekshirishlar davomida bolalar va o‘smirlar ta’lim-tarbiya tashkilotlarida jami kimyoviy tahlillar uchun 120 ming 38 ta namunadan 4 ming 925 tasi, bakteriologik tahlillar uchun 121 ming 113 ta olingan namunadan esa 10 ming 341 tasi talabga javob bermagan.
Bolalar va o‘smirlar muassasalarida qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 274 ta muassasaning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, 6 ming 499 nafar ishchi-xodim ishdan vaqticha chetlashtirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling