Toshkent hokimligi shaharni suv bosishida aholining ham aybi borligini aytdi

Bunday holatga chiqindining maxsus ajratilgan joylarga emas, balki yoʻl va ariqlarga toʻkilishi sabab boʻlmoqda

Videodan lavha

Videodan lavha

Toshkent shahar hokimligi kuchli yogʻigarchilik sabab poytaxt koʻchalarini suv bosishi fonida aholiga murojaat qildi.

Maʼlum qilinishicha, ayni kunlarda uy-joy kommunal xoʻjaligi va obodonlashtirish xizmati vakillarining asosiy saʼy-harakatlari ariq va drenaj tizimlarini toʻplangan chiqindilardan tozalash, suv oqimlarini ochishga qaratilmoqda. Bunday holatga chiqindining maxsus ajratilgan joylarga emas, balki yoʻl va ariqlarga toʻkilishi sabab boʻlmoqda.

“Kelajakda bunday holatlar qaytarilmasligi uchun chiqindilarni faqat belgilangan joyga tashlashingizni, bu orqali, poytaxtimiz ozodaligiga oʻz hissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz”, deyiladi xabarda.

Avvalroq  kuchli yomg'ir sababli Toshkent shahri ko'chalari suvga to'layotgani haqida xabar bergan edik.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling