Videodan lavha
Farg‘ona viloyati Dang'ara tumanida noqonuniy ravishda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishga chek qo‘yildi, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari Dang‘ara tumanida yashovchi fuqaroning uyini ko‘zdan kechirgan. Uydagi erkak noqonuniy ravishda aroq ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan.
Tekshiruv davomida undan 80 dona sotishga tayyor aroq, qopqoq, bo‘sh shisha butilkalar va qalbaki aksiz markalari topilib, olib qo‘yilgan.
O'z navbatida, erkak o'z faoliyatining noqonuniyligi haqida bilmasligini aytgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling