Paxta terimida majburiy mehnatdan foydalanganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi aytildi

Videoselektorda hududiy prokurorlardan qonun ustuvorligini ta'minlash so'raldi

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Oʻzbekistonda paxta terimida majburiy mehnatga yoʻl qoʻygan hokimlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Videoselektor yigʻilishida Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov paxta terimidagi qonunbuzilishlarni tanqid qildi.

“Bosh prokuratura bunday holatlarga aloqador boʻlgan shaxslarni hech ikkilanmay zudlik bilan jinoiy javobgarlikka tortishi kerak” — dedi Sardor Umurzoqov.

“Viloyatlar rahbarlarini paxta terimida majburiy mehnatning oldini olish boʻyicha alohida ogohlantirgan edik. Shunga qaramay paxta terimi boʻyicha har kuni ijtimoiy tarmoqlarda yangi-yangi xabarlar tarqalmoqda. Endi tadbirkorlardan, byudjet tashkilotlarining oddiy xodimlaridan hasharchilarni jalb qilish uchun pul yigʻish avjiga chiqyapti ekan.

Bosh prokuratura bunday holatlarga aloqador boʻlgan shaxslarni hech ikkilanmay zudlik bilan jinoiy javobgarlikka tortishi kerak. Hududiy prokurorlar bilan birgalikda bizga qonun ustuvorligini taʼminlab berishlaringiz kerak”, — dedi Sardor Umurzoqov.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling