Foto: Repost.uz
Toshkent shahrida 1 kv.metr uchun o‘rtacha ijara narxi yil boshidan buyon 22,4 foizga oshdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar qildi.
1 kv.m uchun ijara haqining yuqori qiymati Shayxontohur (12,5 dollar), Mirobod (10,8 dollar) va Yakkasaroy (10,8 dollar) tumanlarida qayd etildi. Nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (6,7 dollar) va Bektemir (4,6 dollar) tumanlarida kuzatildi.
Foto: ITIM
Sentyabr oyida O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19%ga (+3,7 ming) oshdi. Umuman, yil boshidan beri, uy-joy savdosining o‘sishi 9,7%ni (195,7 mingta) tashkil etdi, deya xabar qildi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari.
Eng yuqori o‘sish sur’atlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 50%, Sirdaryoda — 42%, Jizzaxda — 39% va Namangan viloyatlarida — 50% qayd etildi.
Foto: ITIM
Shu bilan birga, joriy yilning avgust oyiga nisbatan ko‘chmas mulk savdosining biroz pasayishi kuzatilgan, bu asosan o‘quv yilining boshlanishi va chet el fuqarolari sonining sezilarli darajada ko‘payishi tufayli ijaraga beriladigan uy-joylarga talabning oshishi bilan bog‘liq.
Shunday qilib, Toshkent shahrida 1 kv.m uchun o‘rtacha ijara narxi yil boshidan buyon 22,4%ga oshdi.
Uy-joy ijarasi narxlarining eng yuqori o‘sish sur’atlari Olmazor — 49%, Yashnobod — 44%, Sergeli — 34% va Shayxontohur tumanlarida — 33% qayd etildi.
Toshkent shahrida 9 oy davomida uy-joy savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6%ga o‘sdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling