Surxondaryoning ayrim hududlarida o'quvchilar maktabga qatnashi uchun mashina ajratildi

Viloyatdagi 26 ta taʼmirtalab maktab filiallarining faoliyati tugatildi

Foto: Surxondaryo Xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo Xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati

Surxondaryoning olis hududlaridagi maktab filiallarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarning asosiy maktabga qatnashi uchun avtotransport ajratildi. Bu haqda viloyatning Xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, viloyatdagi 26 ta taʼmirtalab maktab filiallarining faoliyati tugatilgan.

Shu munosabat bilan ajratilgan ushbu avtotransport vositalari viloyatdagi sharoitlari mavjud boʻlmagan maktab filiallarida taʼlim olayotgan 789 nafar oʻquvchilarni asosiy maktablarga tashish uchun xizmat qiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling