O'zbekiston dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat narxlari bo'yicha ma'lumot berildi

Kartoshkaning 1 kilogrammi 3000—6000 soʻmni tashkil etgan

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Statistika qoʻmitasi axborot xizmati alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining hududiy bozorlardagi minimal-maksima narxlarini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur maʼlumotlar 2022-yilning 21-dekabr holatiga koʻra taqdim etilgan.

Unga koʻra:

Suyakli mol goʻshti (1 kg) — 48 000 – 78 000 soʻm

Qoʻy goʻshti (1 kg) — 55 000 – 91 000 soʻm

Kartoshka (1 kg) — 3000 – 6000 soʻm

Piyoz (1 kg) — 3000 – 6000 soʻm

Sabzi (1 kg) — 2000 – 5 000 soʻm

Tuxum (10 dona) — 10 000 – 17 000 soʻm

Guruch (1 kg) — 6000 – 27 000 soʻm

Oʻsimlik yogʻi (1 l) — 14 000 – 30 000 soʻm

Shakar (1 kg) — 11 000 – 15 000 soʻm

Xabarga koʻra, mazkur roʻyxatdagi maʼlumotlar dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling