Qanday ovqatlar depressiyadan chiqishga yordam beradi?

Ma'lum bo'lishicha, ulardan biri triptofan aminokislotasidir

Biror kishi stress bilan yuzma-yuz kelganda, unga qarshi kurashish uchun barcha mumkin bo'lgan usullarni izlash kerak. Bunday paytlarda sport, yaqinlaringiz yoki psixolog bilan suhbatlashish, ba'zida dori-darmonlarni qabul qilish yaxshi foyda beradi.

Ma'lum qilinishicha, har qanday stress bilan kurashishda yordam beradigan vositalar mavjud, chunki ular fiziologik reaktsiyalarning tabiiy ishtirokchilaridir. Agar ular yetishmasa, tananing stress omillariga qarshi turishi qiyinlashadi.

Ma'lum bo'lishicha, ulardan biri triptofan aminokislotasidir.

Triptofan organizm tomonidan ishlab chiqariladigan muhim aminokislotadir va u faqat oziq-ovqatdan olinadi. U "baxt gormoni" serotonin, "uyqu gormoni" melatonin va nikotinik kislota (vitamin B3) ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Agar ushbu gormonlar tanada yetishmasa stress inson organizmi uchun yetarli darajada xavf tug'diradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, triptofan kurka va tovuq go‘shti, qovoq urug‘i, kunjut urug‘i, baliq (seld balig‘i, qizil ikra, skumbriya, sardalya), tuxum, sut va sut mahsulotlari, qora shokolad, kakao nibs, tofu va boshqa soya mahsulotlarida mavjud.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling