Foto: Good Word News
Argentinada 2022-yilgi jahon chempionatidagi gʻalabadan keyingi bayramlar nazoratdan chiqib ketdi.
Buenos-Ayres yakshanba kunidan beri gʻalabani nishonlamoqda: minglab odamlar shahar markazida 1986-yildan beri yana qoʻlga kiritilgan jahon chempioni unvonini nishonlash uchun yigʻilishgan. Ular “biz har kuni chempion boʻlmaymiz” deya bayram qilishda davom etishmoqda.
Foto: MSN
Finaldan soʻng Argentina poytaxtidan olingan video hayratda qoldirdi: koʻchalar milliy terma jamoa libosidagi odamlar bilan gavjum edi. Messi va Maradona tasviri tushirilgan plakatlar havoda koʻtarildi, zamonaviy dunyo hech qachon bunday miqyosdagi bayramni koʻrmagan.
Terma jamoa seshanba kuni ertalab soat ikkida Buenos-Ayresga qoʻndi va darhol avtobusda shahar markaziga yoʻl oldi. Bu vaqtda milliondan ortiq odam koʻchalarda toʻplangandi.
Kun davomida hech kim koʻchalarni tark etmadi — olomon bayram qilishni davom ettirdi va odamlar tobora koʻproq toʻplanishda davom etdi. Kunning yarmiga kelib ularning soni besh millionga yetdi va shu yerda haqiqiy aqldan ozish boshlandi.
Devorlarga, koʻpriklarga, ustunlarga chiqib olganlar oʻz hayotiga tahdidni oʻylashmadi. Ulardan bir nechtasi yiqildi ham.
Holat shu darajaga yetdiki, futbolchilarni nazoratdan chiqib ketgan ushbu olomondan evakuatsiya qilishga toʻgʻri keldi.
“Dastlab jamoa barcha muxlislar yigʻilgan Buenos-Ayresdagi eng gavjum joyga bormoqchi edi, — deydi jurnalist Mariano. — Lekin avtobus yura olmadi, shuning uchun marshrutni oʻzgartirishga majbur boʻlishdi. Aylanib oʻtishga qaror qilindi. Ammo bu ham ish bermadi, chunki koʻchalarda odamlar juda koʻp edi. Avtobus shunchaki yura olmadi. Natijada ular futbolchilarni vertolyotda olib ketishga qaror qilishdi. Ular prezident qabuliga taklif qilingan, biroq federatsiya siyosiy aralashuvga yoʻl qoʻymaslik uchun tashrifdan bosh tortgan. Bundan tashqari, AFA prezidenti va Argentina rahbari oʻrtasidagi munosabatlar unchalik yaxshi emas”.
Buenos-Ayresda yana qanday koʻngilsizliklar boʻlgani hozircha aniq emas. Videolarning birida futbolchilar harakatlanoytgan avtobuslarga odamlar ko'prikdan o'zlarini tashlayotganini ko'rish mumkin. Urinishlarning hammasi ham muvaffaqiyatli chiqmagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling