Toshkentda fuqaroning plastik karta qutisi ichidan kokain topildi

Fuqaro giyohvand moddani telegram bot orqali sotib olgan

Foto: Yandex

Foto: Yandex

24-avgust kuni kechasi o'tkazilgan reyd tadbirida mashinadagi yo'lovchining plastik karta qutisi ichidan giyohvand modda topildi. Bu haqda Zamon uz xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, Toshkent shahrida o'tkazilgan tungi reydda qora BMW rusumli avtomobil to'xtatilgan hamda tekshirilgan. Avtomobil ichidan hech qanday shubxali narsa topilmagan.

Biroq, avtommobil yo'lovchisi tekshiruvdan o'tkizilganida uning plastik karta qutisi ichidan "kokain" giyohvand moddasi topilgan.

Qayd etilishicha, fuqaro giyohvand moddani telegram bot orqali Sergeli tumanidan sotib olgan.

Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling