Buxorodagi to'y kortejida ishtirok etgan yuk avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirildi

Ular serqatnov yoʻlni toʻsib, boshqa avtomashinalarga xalaqit qilib harakatlangan

Videodan lavha

Videodan lavha

Buxoro viloyatining Buxoro tumanida oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega yoʻlda to'y korteji yo'l harakati qoidalaini buzib harakatlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, aka-ukalar kenja ukasining toʻyida guruh-guruh boʻlgan toʻy kortejiga qoʻshilgan holatda yoʻl harakati qoidalarini buzib, serqatnov yoʻlni toʻsib harakatlanishgan.

“Notoʻgʻri ish qilyapmiz deb oʻylamagandim. Biz furachimiz, ukamiz ham furachi. Boshqalar biz qilgan xatoni takrorlamaslikni maslahat beramiz”, dedi qoidabuzar haydovchi.

Qoidabuzar haydovchilarga nisbatan tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirildi va transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling