Foto: SkyNews
Amerikada sodir etmagan zo'rlash va qotillik jinoyatlari uchun jazo muddatini o'tagan 69 yoshli erkak ozodlikka chiqdi. Bu haqda "Sky News" xabar berdi.
Moris Xastings 1988-yilda ozod qilish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Dastlab, tuman prokurorlari unga o'lim jazosini talab qilishgan, biroq o'sha paytda sud hay'ati bir qarorga kela olmagan va umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Xastings bir ayolni zo‘rlash va o‘ldirishda ayblangan. Erkak har doim o'zining aybsizligini ta'kidlab kelgan, 2000-yilda u DNK testini talab qilgan, ammo uning talabi rad etilgan.
DNK testi faqat 2021-yilga kelib amalga oshirildi va bu 2022-yilning oktyabr oyida test natijalari ma'lumotlar bazasi bilan solishtirildi. Natijada, DNK tahlili 2020-yilda vafot etgan boshqa mahbusga tegishli bo‘lib chiqdi.
"Janob Xastings bilan sodir bo'lgan voqea dahshatli adolatsizlikdir", dedi tuman prokurori Jorj Gaskon o'z bayonotida.
Moris Xastings umumiy hisobda 38 yildan ortiq qamoqda o'tirdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling