Foto: Daryo
Andijon viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasining yangi rahbari ishdan boʻshash haqida ariza yozdi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, u oʻz faoilyatidan tashqari tadbirkorlik bilan ham shugʻullanib kelgan.
2022-yilning 8-avgustdagi "Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-788-sonli qonunini qabul qilingan.
Mazkur qonunning 13-moddasiga koʻra davlat fuqarolik xizmatchisiga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy boshqaruv, maʼmuriy xoʻjalik vazifalarini bajarishga cheklovlar qoʻyilgan.
Ushbu qonun 10-noyabrdan boshlab kuchga kirdi. Shu munosabat bilan Qonunning 19-moddasida taʼkidlangan manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish, tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish maqsadida SSB rahbari egallab turgan lavozimidan ozod qilinishini soʻrab ariza bilan murojaat qilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling