Foto: iib yhxb
Bugun, 17-oktyabr Toshkent shahrinin Mirobod tumanida 3 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan shahar IIB YHXB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 13.30 larda Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida yuz bergan. 31 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “MAN” rusumli tirkamali yuk mashinasi Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotib, tormoz tizimida nosozlik paydo bo‘lishi natijasida haydovchi transport hodisasini to‘xtatolmay qolgan.
Shundan so‘ng u oldinda shu yo‘nalishda xarakatlanib kelib, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi “HAVAS” super market binosi qarshisidagi “Tartibga solingan piyodalar o‘tish joyi”da svetaforning harakatni taqiqlovchi qizil chirog‘ida to‘xtab turgan “MAN” rusumli avtobusning orqa chap qismiga kelib urilgan.
Oqibatda “MAN” yuk avtomashinasining kabina qismi mahkamlangan joyidan uzilib, yerga tushish natijasida sirpanib borib, svetaforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Neksiya-3 avtomashinasiga shikast yetkazgan.
Hodisa natijasida tan jaroxat olganlar yo‘q.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling