Moskvada yollanma ishchi ayollarni zo'rlab kelgan o'zbekistonlik erkak ushlandi

U 24 yoshli qizni uy tozalash uchun yollab, kelganidan so'ng zo'rlagan

Foto: Telegram / Mash

Foto: Telegram / Mash

Moskvada uy ishlarini qiluvchi ayollarni internet orqali yollab, ularni zoʻrlash bilan shugʻullangan oʻzbekistonlik erkak ushlandi. Bu haqda "Mash" xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, qurbonlardan birining ismi Kamilla boʻlib, u Rossiya poytaxtida farrosh boʻlib ishlaydi. Asli qozogʻistonlik boʻlgan 24 yoshli qiz internet orqali ish topib kelgan.

Taʼmirlangan uyni tozalash kerakligi boʻyicha buyurtma olib, manzilga borgan. U yerda buyurtmachi bilan bogʻlangan va Aleksandr ismli erkak uni “Molodyojnaya” metrosida kutib olib, belgilangan manzilga olib borishi toʻgʻrisida xabar olgan.

Xonadonga yetib borilishi bilan jinoyatchi uni yerga yotqizib, tahdid qila boshlagan. Agarda baqiradigan boʻlsa, shisha kuldon bilan oʻlasi qilib kaltaklashini aytgan. Jabrlanuvchining soʻzlariga koʻra, erkak uni uch soat davomida tahqirlagan va qoʻyib yuborgan.

Politsiyachilar gumonlanuvchini qidirib topgan. U o'zbekistonlik shaxs bo'lib chiqqan va  hozirda hibsga olingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling