Foto: Dunyo
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Respublika shoshilich tibbiy yordam ilmiy markazida videoselektor yig‘ilishini o‘tkazmoqda. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.
Davlat rahbari jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda hammasiga shifokor javob berishi, ammo operatsiyadan so‘ng bemorga hamshira qarashini aytdi.
“Ammo biz uni qayerda o‘qityapmiz, unga nimalarni o‘rgatyapmiz? Hamshiralarning malakasini oshirish masalasiga katta e’tibor qaratishimiz kerak”, — dedi prezident.
Davlat rahbari hamshirani tanqid qilishdan oldin uni yetarlicha o‘qitishimiz kerakligini aytdi.
“Ularga sharoit va imkoniyat yaratib berish lozim. Qaysi viloyat hokimi birorta hamshirani uy bilan ta’minladi? Hech biri? Ular uchun ipoteka imkoniyatlarini o‘ylab ko‘rish vaqti keldi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
“Hozircha biz hamshiralarga adolatli maosh bera olganimizcha yo‘q. Tegishli mutasaddilar bu bo‘yicha o‘z takliflarini berishlari kerak”, — deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling