Toshkentda marafon o'tkazilishi munosabati bilan bir qator yo'llar yopiladi

Haydovchilardan aylanma yoʻllardan foydalanishlari soʻraladi

Foto: Sputnik<br>

Foto: Sputnik

Toshkent shahrida 13-noyabr kuni yugurish tadbirlari oʻtkazilishi munosabati bilan bir qator koʻchalarda harakat cheklanadi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Davlat bayrogʻi kuni munosabati bilan joriy yilning 13-noyabr kuni Toshkent shahrining 3 ta hududida (Yangi Oʻzbekiston bogʻi, Humo Arena, Ashxobod bogʻi) “Yangi nafas” yugurish sport tadbirlari oʻtkaziladi. Shuning hisobiga quyidagi koʻchalarida avtotransport vositalarining harakatlari vaqtincha cheklanadi:

Foto: Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati<br>

Foto: Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati

12-noyabr kuni soat 18:00 dan

Afrosiyob koʻchasi – Islom Karimov shohkoʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Beshyogʻoch koʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;

Foto: Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Foto: Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati

13-noyabr kuni soat 07:00 dan 12:00 gacha:

Afrosiyob koʻchasi – Islom Karimov shohkoʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Sharof Rashidov shohkoʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;

Sharof Rashidov shohkoʻchasi – Afrosiyob koʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Islom Karimov shohkoʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;

Islom Karimov shohkoʻchasi – Sharof Rashidov shohkoʻchasi bilan kesishgan chorrahadan Afrosiyob koʻchasi bilan kesishgan chorrahagacha;

soat 6:00 dan 12:00 gacha:

Yangi Oʻzbekiston koʻchasining bir qismi (Toshkent shahriga kirish qismi), shuningdek, soat 8:30 dan 11:00 gacha Toshkent viloyati tomoniga birinchi qayrilish joyidan Yangi Oʻzbekiston bogʻining oldigacha.

Foto: Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Foto: Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati

“Haydovchilardan aylanma yoʻllardan foydalanishlarini soʻrab qolamiz va noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar