12-oktyabr kuni Ozarbayjonning Vashingtondagi elchixonasi xizmat mashinasining o‘qqa tutildi. Bu haqda mamlakatning Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
“10-oktabrdan 11-oktabrga o‘tar kechasi Vashingtonda Ozarbayjonning AQShdagi elchixonasining xizmat mashinasi o‘qqa tutildi. Voqea yuzasidan diplomatik missiya zudlik bilan AQSHning tegishli tuzilmalarini xabardor qildi. Shuningdek, ushbu holatdan jiddiy havotirga ekani va bo‘lib o‘tgan voqeadan noroziligi bildirildi hamda Ozarbayjon diplomatik vakolatxonasi xavfsizligini ta’minlash talabi qo‘yildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Amerika tomoniga voqea aks etgan videoyozuv taqdim etilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling