Jizzax shahrining Islom Karimov shohko'chasida to'rtta mashina ishtirokida yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi. Bu haqda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 5-sentyabr kuni soat tahminan 11:40 lar atrofida "Nexia-2" mashinasi belgilangan tezlik me'yorlariga amal qilmay, oraliq masofani saqlamagani sababli o'zidan oldinda to'tab turgan "Lacetti", "Nexia-3" va yana bir mashinaga borib urilgan.
Ma'lum qilinishicha, ushbu hodisa oqibatida hech kim jiddiy jarohatlanmagan.
Ushbu voqea sabablari o'rganilganda, "nexia-2" avtomobili hodisa joyidagi asfaltda qoldirgan tormoz izining masofasi 31 metrni tashkil etgani aniqlangan.
Bu haydovchining belgilangan tezlik me'yorlariga amal qilmaganini bildiradi.