Xitoyda poraxo'rlik uchun sobiq adliya vaziriga o'lim jazosi tayinlandi

Qamoq muddati qisqartirilmasligi va hech qachon avf etilmasligi belgilab qo'yildi

Foto: AA

Foto: AA

Xitoyda poraxo'rlik uchun sobiq adliya vaziriga o'lim jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda "AA" nashri xabar berdi.

Xiroyning sobiq adliya vaziri, jamoat xavfsizligi vazirining sobiq o‘rinbosari Fu Chjenxuani poraxo‘rlik uchun ikki yil muhlat bilan o‘lim jazosiga hukm qilindi.

Sudning aniqlashicha, sobiq amaldor jami 117 million yuan (qariyb 16,5 mln dollar) miqdorida pora olgan.

Fu Chjenxua siyosiy huquqlaridan mahrum qilinib, uning mulki davlat foydasiga xatlanishiga qaror qilindi. Ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingandan so‘ng, hukm apellyatsiya va shartli ravishda ozod qilishsiz umrbod qamoq jazosiga almashtirilishi mumkin. Bunda qamoq muddati qisqartirilmaydi, afv etilmaydi.

Fu Chjenxua o‘z aybiga iqror bo‘ldi va pushaymonligini bildirgan, shuningdek, noqonuniy yo‘l bilan olingan mol-mulkni topishda yordam berdi va boshqa huquqbuzarliklar bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling